“Real Madrid” jamoasi xavbeki Garet Beyl Ispaniya chempionati 20-turida “Sporting Xixon”ga qarshi kechgan o‘yinda (5:1) jarohat oldi, deya xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Uelslik futbolchi ikrasimon mushaklarini shikastlagan. Uning jarohatdan forig‘ bo‘lishi uchun ikki-uch hafta kerak bo‘ladi. Beyl jamoasining “Betis”, “Espanyol” va “Granada”ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda Garet Beyl barcha turnirlarda 17 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli pas muallifi bo‘lgan.
Izoh (0)