O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda qoniqarsiz ishtirok etdi va Olimpiadaga yo‘llanma olish vazifasi bajarilmadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoa delegatsiyasining Toshkentga qaytib kelishi bilan majlis o‘tkazadi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
O‘FF prezidentiga yaqin bo‘lgan norasmiy manbalarda olingan xabarlarga qaraganda, Samvel Babayan olimpiya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etiladi.
“Majlisda Terma jamoalar markazining ishi ham muhokama qilinadi. Katta ehtimol bilan Asqar Tolibjonov ham ishidan olinishi kutilmoqda.
Hatto, terma jamoaning tibbiy xodimlaridan tortib, ma’murlarigacha kamida ‘hayfsan’ berilishi ko‘zda tutilgan”, — deb yozadi “Uff.uz”.
Izoh (0)