“Barselona” hujumchisi Lionel Messi primeraning 20-turi doirasida “Atletik”ga qarshi o‘yin (6:0) oldidan maydonga “Oltin to‘p” bilan chiqdi va uni “Kamp Nou” stadioniga yig‘ilgan 68 019 nafar muxlisga ko‘z-ko‘z qildi, deb yozadi “Sports.ru”.
Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kuni Messi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. 28 yoshli forvard o‘z klubdoshi — braziliyalik Neymarni, shuningdek, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Izoh (0)