Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli FIFA “Barselona”ning hujumkor uchligi — Lionel Messi, Luis Suares va Neymarni diskvalifikatsiya qilishi lozimligi haqida mutoyiba qildi, deya xabar beradi “Stadion.uz”.
“FIFA ushbu vaziyatga aralashmasa bo‘lmaydi: Messi, Suares va Neymar o‘rtasidagi do‘stlik — futbol olamidagi eng yomon narsa. Messining bir o‘zi o‘yin taqdirini hal qilishga qodir. Uning yoniga Suares va Neymar qo‘shilar ekan, raqiblarda hech qanday imkoniyat yo‘q. FIFA ularni diskvalifikatsiya qilishi lozim.
“Real”dagi Beyl, Benzema va Ronaldu uchligining farqi shundaki, ular bir-birlarini to‘ldirmaydi. Ronaldu va Beyl jamoadoshiga uzatma berishni ko‘p ham istamaydi. Benzemada bu borada muammo yo‘q, ammo uning yolg‘iz o‘zi ko‘p narsani hal qilolmaydi”, — deya ta’kidlagan Sampaoli Ispaniyaning El Pais nashriga bergan intervyusida.
Izoh (0)