“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan ishlash qanday kechayotgani haqida gapirib berdi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Zidan jamoani to‘g‘ri yo‘nalish tomonga itardi. O‘yinchilar qaysidir murabbiylarni boshqalaridan ko‘ra ko‘proq yoqtiradi, deb o‘ylayman. Bu o‘yinchilarga ham, boshqa odamlarga ham tegishli.
Benites paytida g‘ayrat bilan ishlardim, murabbiy kim ekanligidan qat’i nazar klub uchun yaxshiroq harakat qilish haqida o‘ylardim. Men Raf haqida hech qachon yomon fikrda bo‘lmaganman, u ham “Real” manfaatini ko‘zlab intilardi. U futbolga boshqacha qaraydi, Zidandek emas. To‘g‘risini aytsam, sababini tushuntirib bera olmayman, ammo o‘yinchilar Zizuni ko‘proq yoqtiradi”, — dedi Ronaldu.
Shuningdek, futbolchi Zidanning xotirjam va mehnatkash odam ekanligi, biroq shunga qaramay, u bilan ishlash qiziqarli ekanligini aytdi.
Izoh (0)