Burundi poytaxti Bujumbura shahrida barga uyushtirilgan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Politsiya vakilining bildirishicha, 18-yanvar, dushanba kuni ro‘y bergan va granatalar qo‘llangan hujum tufayli politsiya zobiti, yurist hamda davlat xizmatchisi nobud bo‘lgan. Uni uyushtirgan kimsalar jinoyat sodir etish va keyinchalik yashirinish uchun mototsikldan foydalangan.
Politsiya prezident Pyer Nkurunziza tarafdorlari orasida ommalashgan barga uyushtirilgan hujumdan so‘ng bir necha yigitni qo‘lga oldi.
Izoh (0)