Komediya aktyori Jimmi Morales 15-yanvar, juma kuni Gvatemala prezidentligi lavozimini bajarishga kirishdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy televideniyening ma’lum qilishicha, inauguratsiya marosimi mamlakat poytaxtidagi milliy teatrda bo‘lib o‘tdi. Morales qasamyod qabul qildi va unga prezidentlik tasmasi topshirildi. Marosimdan avval yangi kongressning 157 nafar deputati 2016—2020-yillar mobaynidagi lavozimini bajarishga kirishdi.
Morales 2015-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Gvatemalaning 50-prezidenti bo‘ldi. Marosimda o‘nta davlatning rahbari, shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden ham qatnashdi.
Shu paytgacha komediya janridagi aktyor va rejissorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 46 yoshli Morales to‘rt nafar farzandning otasidir.
Izoh (0)