Ukrainaning Zaporojye viloyatida 25 yoshli ayol o‘z farzandini qasddan o‘ldirgan deb gumon qilinmoqda, deb yozadi “Segodnya.ua”. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ayol uch oylik qizchasini axlat to‘kiladigan o‘raga tashlab yuborgan.
Uning o‘zi esa politsiya bo‘limiga murojaat qilib, uyiga o‘zlarini shifokor deb tanishtirgan noma’lum shaxslar kelgani va qizchasiga onkologik kasallik tashxisini qo‘yib, uni viloyat markaziy shifoxonasiga olib ketganini aytgan.
Biroq ayol yashaydigan uy ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi hojatxona chuquridan chaqaloq jasadi topilgan. Shundan so‘ng ayol bolasi tiriklik belgilarini namoyon etmay qo‘ygach, qo‘rqib ketib, uni o‘raga tashlaganini aytgan.
Biroq sud-tibbiy ekspertiza chaqaloq bosh suyagi va miyaga shikast yetishidan vafot etganini ko‘rsatdi.
Ayol yosh bolani qasddan o‘ldirishda gumonlanmoqda.
Izoh (0)