Rossiya Federal antimonopoliya xizmati rahbari Igor Artemyev “Gazprom” reklamasidan xalq boyligi haqidagi so‘zlar olib tashlanishiga erishganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Masalan, odamlar xalq boyligi bo‘lishi mumkin, ammo ‘Gazprom’ emas”, — deya ishonch bildirdi u.
Artemyev aytishicha, ushbu masalani u Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi majlisda ko‘tarib chiqqan, va taxminan yarim yil avval “Gazprom” o‘z reklamasidan ushbu iborani olib tashlagan.
Izoh (0)