Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ella Pamfilova muxolifatni “qo‘poruvchilik faoliyati uchun sud qilish lozim bo‘lgan xalq dushmanlari” deb atagan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bunday bayonotlar nafaqat mantiqsiz, balki zararli hamdir, chunki ular prezident va mamlakat sha’niga dog‘ tushiradi”, — deya ta’kidlagan Pamfilova.
Vakilning aytishicha, agar siyosiy faoliyat Konstitutsiya doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, hech kim unga ma’muriy, sud yoki boshqa choralarni ko‘rishga haqli emas.
Izoh (0)