Mail.ru Group hamasoschisi va bosh direktori Dmitriy Grishin aytishicha, Alisher Usmonov internetni yaxshi tushunadi, deb yozadi Forbes.
“Agar qanaqadir yangi texnologik g‘oyalarni tushunmay qolsa, yo‘l-yo‘lakay o‘rganib oladi”, — deya ta’kidladi Grishin.
Alisher Usmonov texnologiyalarga 2008-yildan buyon Yuriy Milner bilan hamkorlikda DST Global jamg‘armasi orqali sarmoya kiritib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov o‘z aktivlarining tezkor boshqaruviga aralashmasligi, ishda mayda tafsilotlar bilan ham qiziqishi xabar berilgan, shuningdek, uning boshqaruv uslubi “sharqona” deb ta’riflangan edi.
Izoh (0)