Moskvalik erkak sobiq xotiniga benzin sepdi, so‘ng uni yoqib yubordi, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hodisa 12-yanvar kuni turar-joy yonida sodir bo‘lgan, sobiq rafiqasi ustidan benzin quyib, uni yoqib yuborgan erkak jinoyat joyidan qochib qolgan. Guvohlar ayolga yordamga shoshilgan va tez yordam chaqirgan.
Jabrlanuvchi yuzi va tanasi kuygan holda og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan, unga yordam ko‘rsatilmoqda.
Erkakka nisbatan odam joniga qasd qilishga urinish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)