Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida 34 yoshli ayol o‘n ikkinchi marta ona bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Nur.kz” Shimoliy Qozog‘iston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib.
Muassasadagilar aniqlik kiritishicha, ayol birinchi farzandini 20 yoshida dunyoga keltirgan. Bu uning o‘n ikkinchi homiladorligi, o‘n ikkinchi farzandi, sakkizinchi o‘g‘il farzandidir. Oilada yana to‘rt qiz bor.
Chaqaloq 8-yanvar kuni 3 kg 830 g og‘irlik, 54 sm uzunlikda tug‘ildi.
Ayolning turmush o‘rtog‘i uni tug‘uruqxonadan olib ketish uchun barcha bolalari bilan mikroavtobusda keldi.
Izoh (0)