Suriyadagi urush natijasida Damashq va Tehron o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlandi. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqqa tashrif bilan kelgan Eron tashqi ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy Fazliy bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Suriyadagi joriy urush natijasida Damashq va Tehron o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkamlandi, ikki qardosh xalq esa bir-birini yoqladi”, — dedi Suriya rahbari.
Uchrashuv chog‘ida Asad Eron tomonidan Suriya xalqiga ko‘rsatilayotgan ko‘makni yuqori baholadi.
Izoh (0)