Ukrainaning Italiyadagi elchisi Yevgeniy Pereligin Limes nashridan Qrim Rossiyaning bir qismi sifatida tasvirlangan xaritani to‘g‘rilashni talab qildi, deb yozadi Meduza.
Pereligin fikricha, bu — texnik xato oqibati yoki Ukraina yaxlitligini shubha ostiga olish niyatidagi provokatsiyadir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimni Rossiya hududi deb ko‘rsatgani uchun Coca-Cola kompaniyasi mojaro markazida qolgan edi. Keyinroq kompaniya uzr so‘rab, xarita boshqa agentlik tomonidan tayyorlanganini aytgan edi.
Izoh (0)