Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida “Sputnik” xokkey klubining 23 yoshli o‘yinchisi Sergey Simonov olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
Xabarda aytilishicha, Simonov shahar shifoxonasida operatsiyadan keyin vafot etgan, ammo tafsilotlar keltirilmayapti.
Xokkeychining o‘limi yuzasidan Tergov qo‘mitasi tekshiruv ishlarini boshladi. Qo‘mitaning Sverdlovsk viloyatidagi vakili Simonov mashg‘ulotdan keyin shifoxonaga tushib qolganini tasdiqladi, ammo o‘lim sabablari hali aniqlashtirilmaganini aytib o‘tdi. Tergov qo‘mitasi vakili barcha ekspertizalar tayinlangani, tez orada guvohlar so‘roq qilinishini qo‘shimcha qildi.
Sergey Simonov Oliy xokkey ligasida “Lada”, “Lipetsk” va “Sariarka” jamoalarida o‘ynagan. 2015/16-yilgi mavsumni “Kristall”da boshlagan, keyinroq esa “Sputnik” klubiga o‘tgandi.
Izoh (0)