Butunjahon sport kurashlari uyushmasi 2016-yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlarni boshqarib borishga nomzod hakamlarning ro‘yxatini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ro‘yxatdan o‘zbekistonlik Tohir G‘ulomov hamda Konstantin Mixaylov joy olgan. Olimpiada o‘yinlariga boradigan hakamlarning yakuniy ro‘yxati 2016-yilning aprel–may oylarida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, sport kurashlari bo‘yicha o‘zbekistonliklar orasida bugungi kunga qadar Ixtiyor Navro‘zov (erkin kurash, -65 kg) va Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi, -85 kg) Rio—2016 o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)