Shimoliy Koreya yadro quroliga ega mamlakatlar klubiga kirdi, biroq uni birinchi bo‘lib qo‘llamaydi. Bu haqda KXDR elchixonasi press-reliziga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Diplomatlar ta’kidlashicha, Pxenyan vosita va texnologiyalarni uchinchi mamlakatlarga topshirmaslikka va’da beradi.
“Vodorod bombasi sinovi benuqson va muvaffaqiyatli o‘tgach, KXDR vodorod bombasiga ham ega bo‘lgan, yadro quroli sohibi bo‘lgan mamlakatlardan biriga aylandi, xalqimiz esa yadro quroli bilan ushlab turish bo‘yicha eng qudratli kuchga ega munosib xalqqa aylandi”, — dedi shimoliy koreyalik diplomatlar.
Pxenyan vodorod bombasi sinovini KXDR “yadro kuchlari taraqqiyotidagi yangi, ancha yuqori bosqich” deb atadi.
Shimoliy Koreya, shuningdek, bomba sinovi atrof-muhitga salbiy ta’sir yetkazmaganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qildi.
Keyinroq Yadro sinovlarini butkul taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha tashkilot ijrochi kotibi Lassino Zerbo tashkilot KXDRdagi yadro sinovini “texnogen portlash” sifatida tasniflaganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)