Suriyaning Rif-Dimashq viloyatidagi Madaya shahri aholisi ochlikdan nobud bo‘lmoqda, ularga zudlik bilan gumanitar yordam ko‘rsatish zarur. Bu haqda BMTning Suriyadagi gumanitar faoliyat bo‘yicha koordinatorlari Yoqub Xellu va Kevin Kennedi ogohlantirdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Madayada qolgan salkam 42 ming kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. Ishonchli manbalarga ko‘ra, odamlar ochlikdan nobud bo‘lmoqda, shaharni tark etmoqchi bo‘lganlar esa o‘ldirilmoqda”, — deyiladi koordinatorlarning qo‘shma bayonotida. Oxirgi marta Madayaga o‘tgan yil oktabrida oziq-ovqat yetkazib berilgan.
BMT vakillari Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarga Madaya kabi qamalda qolgan Dayr-az-Zor, Daray, al-Fua, Kefraya, sharqiy Guta singari 15 ta tumanda yashovchi 400 ming kishiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratishni so‘ramoqda.
Izoh (0)