Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mashina ustida raqsga tushib, trend olgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22-iyul kuni To‘rtko‘l tumanida raqam belgisi 95Q604KA bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobil harakatda bo‘lgan chog‘ida fuqaro uning ustiga chiqib, raqs tushgan va bu holat tasvirlangan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Video so‘ngida ushbu shaxsning mashinadan yiqilib tushganini ko‘rish mumkin.
Ushbu holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 prim 10-moddasi bilan fuqaroga nisbatan BHMning 25 baravari miqdorida jarima qo‘llanilib, haydovchilik guvohnomasidan 1 yil-u 6 oyga mahrum qilindi.
Avvalroq Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan avtomobil ustiga chiqib olib, salyut uchirgan fuqaro javobgarlikka tortilgani to‘g‘risida xabar qilingandi. Ushbu fuqaro 7 sutkaga qamalgan.
Izoh (0)