AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 7-floti Pxenyan tomonidan termoyadro sinovi o‘tkazilgani e’lon qilinganidan so‘ng Koreya yarimorolidagi vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda. Bu haqda flot qo‘mondoni, vitse-admiral Jozef Okoin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Biz Shimoliy Koreya har qanday yadro faoliyatidan voz kechishi, xalqaro majburiyatlar hamda va’dalarni bajarishini istaymiz. Bular bajarilmas ekan, ular hech qachon gullab-yashnamaydi, o‘zlari intilayotgan xavfsizlik holatiga erishmaydi, yakkalanib yashashga majbur bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan admiral.
Izoh (0)