Germaniya politsiyasi Yangi yil arafasida Kyoln markazida ayollarga hamla qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganishga kirishdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiya manbalariga ko‘ra, ayollar ularga shahar markazida tegajoqliq qilishganidan shikoyat etgan, ulardan biri esa zo‘rlanganini aytgan. Kyoln politsiyasi rahbari Volfgan Albersning ma’lum qilishicha, ayollar “kelib chiqishi arab yoki shimoliy afrikalik bo‘lgan” mingga yaqin erkaklar tajovuz uyushtirganini bildirgan. Albers “bu mutlaqo yangicha ko‘lam va ko‘rinishdagi jinoyat” ekanligini ta’kidlagan.
Izoh (0)