Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Shenchjen shahri shifoxonasida H5N6 parranda grippidan ayol kishi vafot etdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shenchjenning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil 30-dekabr kuni hayotdan ko‘z yumgan 26 yoshli ayol parranda bilan aloqaga kirishgandan keyin kasallikni yuqtirib olgan.
Umumiy hisobda Guandun provinsiyasida H5N6 grippi bilan uch kishi kasallandi. Mahalliy hukumat tirik parrandalar bozoridagi nazoratni kuchaytirdi.
H5N6 virusi bilan odamning kasallanganligi birinchi bor 2014-yilning may oyida Xitoyning Sichuan provinsiyasida qayd etilgan edi.
Izoh (0)