Afg‘oniston janubidagi Gilmend viloyatida amerikalik bir nafar harbiy halok bo‘ldi va ikki nafari yaralandi. Bu haqda AQShning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari vakili, brigada generali Uilson Shoffner ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“5-yanvar kuni Gilmend viloyatidagi Marja tumani yaqinidagi operatsiya vaqtida yaralangan Qo‘shma Shtatlarning bir nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Yana ikki nafar amerikalik harbiy yaralandi”, — deb Shoffnerning bayonotidan keltiradi Reuters.
AQSh mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, NBC telekompaniyasining xabar berishicha, amerikalik ikki nafar harbiy Marja tumanidagi aksilterrorchilik operatsiyasida yaralangan. Ularni evakuatsiya qilish uchun chaqirilgan vertolyot esa minomyot va o‘qotar qurollardan o‘qqa tutilgan.
Izoh (0)