Afg‘onistonning Gilmend viloyatida vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan, deya xabar qiladi “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot hukumat xavfsizlik kuchlarining jangarilarga qarshi amaliyotlariga ko‘maklashayotgan xorijiy harbiylarga tegishli bo‘lgan.
Bu yil boshidan beri mamlakatdagi ikkinchi aviahalokat: 3-yanvar, yakshanba kuni Afg‘oniston qurolli kuchlariga qarashli Mi-17 halokatga uchragan, buning oqibatida uch harbiy halok bo‘lgan, yana ikki nafari jarohatlangandi.
Izoh (0)