AQShning Jorjiya shtatidagi motelda ayol va 11 nafar bolani garovga olgan amerikalik o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda politsiya manbalariga tayanib, Fox News ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Noma’lum kimsa besh soatga yaqin ayol va bolalarni Atlanta shahri yaqinidagi mehmonxona xonasida zo‘rlik bilan ushlab turgan. Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyaga eshik ochishdan bosh tortgan. Yordamga yetib kelgan politsiya maxsus bo‘linmasi shturmni boshlaganda jinoyatchi pichoq bilan bo‘yniga shikast yetkazgan va nobud bo‘lgan.
Ayol va bolalar jabrlanmagan. Politsiya ularning qarindosh yoki yo‘qligi, garovga olgan kimsaga aloqasini tekshirmoqda.
Izoh (0)