Yamanda davom etayotgan mojaro oqibatida 2015-yil 26-martidan 31-dekabrga qadar salkam 2,8 ming kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining rasmiy vakili Rupert Kolvill 5-yanvar, seshanba kuni Jenevadagi brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yamandagi qurolli mojaro tinch aholi nobud bo‘lishiga olib kelishda davom etmoqda. O‘tgan yil dekabrida 81 kishi halok bo‘lgan va 109 kishi yaralangan. Fuqarolar orasidagi yo‘qotishlarning umumiy soni yil oxiriga kelib 8199 kishini tashkil etdi. Ulardan 2795 kishi o‘ldirilgan, 5324 kishi jarohatlangan”, — deya ta’kidlagan Kolvill.
Izoh (0)