4-yanvar, dushanba kuni Turkiyaning markaziy qismida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi va 30 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Daily Sabah ma’lumotlariga ko‘ra, Kirshexir—Anqara yo‘nalishida ketayotgan avtobus haydovchisi sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni uddalay olmay qolgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha keltirilmagan.
Izoh (0)