Moskva Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash uchun vositachilik vazifasini bajarishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligidagi manba ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
“Biz doim Tehron va ar-Riyod o‘rtasida yaqinlashuv bo‘lishini istaganmiz. Agar tomonlar bunga ehtiyoj sezsa, vositachilik vazifasini o‘tashimiz mumkinligini bildirdik. Moskva ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarini kutib olishga tayyor”, — deya ta’kidlagan Rossiya TIVdagi manba.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)