Suriya muxolifati delegatsiyasi mamlakatda tinchlik jarayoni kelajagini muhokama etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Xua Chunyin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Xalqaro munosabatlar xalq instituti taklifiga ko‘ra, Suriya milliy koalitsiyasi vakillari 5—8-yanvar kunlari Xitoyda bo‘ladi. Tashqi ishlar vaziri Van I delegatsiya bilan uchrashib, Suriya mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solish masalasini muhokama qiladi”, — deya ta’kidlagan Chunyin. Tashrifning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
O‘tgan yilning dekabrida Xitoyga rasmiy Damashq vakili — Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Jenevada BMT ishtirokida Suriya bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)