Tailandda besh kunlik Yangi yil ta’tili davomida yo‘l-transport hodisasida 300 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy politsiyaga tayanib. Avtohalokatlar, asosan, mast holatda mashina haydash sababli kelib chiqqan.
Huquqni himoya qilish organlari 30-dekabrdan 4-yanvargacha bo‘lgan davrda 2,7 mingta yo‘l hodisasini qayd etgan. 292 kishi halokatlar qurboni bo‘lgan, yana 2,8 mingdan ortig‘i jarohat olgan.
Politsiya ta’kidlashicha, Tailand yo‘llarida o‘limlar soni o‘tgan yilgi Yangi yil ta’tiliga qaraganda 11 foizga ortgan.
Izoh (0)