2016-yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni yana bittaga ko‘paydi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Syanmin shahrida o‘tkazilgan marafonda o‘zbekistonlik Andrey Petrov 42 km 195 metr masofani 2:17.47 soniyada bosib o‘tib, belgilangan me’yorni bajardi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga sakkizinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunga kelib, o‘zbek sportchilari tomonidan “Rio—2016” o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan litsenziyalar soni 51 taga yetdi. Shundan 24 tasi paralimpiyachilarga tegishli.
Izoh (0)