Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino “Barselona” hujumchisi Lionel Messining 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmasligi aniqroq ekanligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Hali yakuniy qarorga kelganimiz yo‘q, biroq Messi Olimpiadada o‘ynamasa kerak, deb o‘ylayman. Jamoamizda yosh va iste’dodli hujumchilar ko‘p: Ikardi, Dibala, Vyetto, Kalyeri. Ular o‘zini juda yaxshi ko‘rsatyapti”, — deya ta’kidlagan Martino.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi 2008-yildagi Olimpiada o‘yinlarida g‘olib chiqishida ko‘mak bergandi.
Izoh (0)