Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan Kataloniya derbisi — “Barselona” va “Espanyol” o‘rtasidagi o‘yin (0:0) asabiy vaziyatda o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Butun o‘yin davomida “Espanyol” ishqibozlari “Barselona” o‘yinchilarini haqorat qilgan va uyatsiz imo-ishoralar qilgan. Hammadan ko‘proq Neymar jabr ko‘rdi: unga qarata maymunning tovushiga o‘xshatib ovoz chiqarishgan .
“Neymarga nisbatan irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘ygan har bir kimsa aniqlanishi kerak”, — deya ta’kidlagan “Barselona” himoyachisi Pike o‘yindan so‘ng.
https://youtu.be/HPfUBtaXhW8
Izoh (0)