“Real” prezidenti Florentino Peres mavsum tugagach jamoada katta o‘zgarishlar amalga oshiradi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar berdi.
La Sexta telekanalining ma’lum qilishicha, jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites iste’foga chiqariladi. Bundan tashqari, Peres 9 nafar o‘yinchini 200 million yevroga sotishni rejalashtirgan. Jumladan, Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos tegishli ravishda 60 hamda 40 million yevroga sotiladi. Shuningdek, madridliklar safini Karim Benzema, Toni Kross, Xese, Isko, Alvaro Arbeloa, Keylor Navas va Denis Cherishev tark etadi.
Аytilishicha, “Real” yozda David De Xea (“MYu”), Robert Levandovski (“Bavariya”) va Eden Azarni (“Chelsi”) sotib olishi mumkin.
Izoh (0)