“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol bo‘yicha ilhom manbaini doim o‘zidan qidirganini tan oldi, deb yozadi “Sovsport.ru”.
“Ko‘pincha men o‘zimdan ilhomlanaman. Albatta, bolaligimda Portugaliya termasining mashhur mahoratli ustalari — Figu, Ruy Koshta, Fernando Koutu o‘yinini kuzatganman. Mening orzuim ularning darajasigacha yetib olish bo‘lgan. Professional futbolchi bo‘lishni, terma jamoada o‘ynashni istaganman, ammo men ibrat olishni xohlagan o‘yinchi bo‘lmagan”, — dedi Ronaldu.
Nashr eslatishicha, 2015-yilda Ronaldu 57 ta matchda 57 ta gol urdi. Ushbu statistika “Real” va Portugaliya termasi tarkibidagi o‘yinlarni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)