Kecha, 2-yanvar kuni “Navbahor” o‘yingohida Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, ayni paytda Rossiyaning “Krasnodar” klubi a’zosi Odil Ahmedov yosh futbolchilar bilan uchrashdi. Bu haqda “Navbahor” FK matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘yingohdagi majlislar zalida o‘tkazilgan uchrashuvda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan viloyat hokimligining Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Nizambayev, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Bahodir Bekxodjayev, “Navbahor” futbol klubi vitse-prezidenti Olimjon Qosimov va OAV vakillari ham qatnashdi.
Uchrashuvda Namangan viloyat faxri bo‘lgan Odil Ahmedovga Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan 15-sonli futbol maktab-internati va “Navbahor-Umid” futbol maktabining iqtidorli tarbiyalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi. Shuningdek yosh futbolchilarga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
Odil Ahmedov faoliyati davomida ro‘y bergan qiziqarli voqealar haqida gapirib berdi. Uchrashuv so‘ngida Ahmedov maydonga chiqib, yosh futbolchilarga to‘p bilan ishlashdagi mahoratini namoyish etdi.
Izoh (0)