Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtatida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 9 kishiga yetdi, 200 ga yaqin kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq 6 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ziyod kishi jabrlangani haqida xabar berilgandi.
Zilzila oqibatida bir necha uy shikastlangan, jumladan, yaqinda qurib bitkazilgan olti qavatli bino qulab tushgan. Ayni paytda vayronalar ostida qolgan kishilarni qutqarish ishlari olib borilmoqda. Yerosti silkinishlari shtat poytaxti Impxaldan 600 kilometr uzoqlikdagi Kalkutta shahrida ham sezilgani aytilmoqda.
Izoh (0)