Qutqaruvchilar Kaspiy dengizining Turkmaniston sektorida yana ikki neftchining jasadini topgach, Ozarbayjonning “Gyuneshli” neft platformasidagi yong‘in qurbonlari soni o‘n kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Gyuneshli” koni platformasida sodir bo‘lgan avariya natijasida izsiz yo‘qolgan ikki nafar ozarbayjonlik neftchining jasadi Turkmaniston sohillaridan 65 km masofada aniqlandi.
Jasadlarni vataniga eltish va ularning shaxsini aniqlash uchun tergov guruhini ortgan samolyot voqea joyiga yetib keldi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonning Kaspiy dengizidagi akvatoriyasida joylashgan neft platformasida 4-dekabr kuni yong‘in yuzaga kelgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 33 kishi qutqarilgan, 20 kishi bedarak yo‘qolgan.
Izoh (0)