Muhojirlardan bir guruhi Gretsiyaning Korinf shahridagi vaqtinchalik joylashtirish markazida vataniga qaytarilishiga norozilik sifatida g‘alayon ko‘tardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
2-yanvar, shanba kechki payt taxminan 30 kishidan iborat muhojirlar guruhi markazda ushlab turilishi hamda vataniga qaytarilish ehtimolidan norozi bo‘lib, soqchilarga tosh otgan, binoni talon-taroj qilgan, to‘shaklarni yoqqan.
Qo‘riqlash xizmati tartibsizliklarga tezda barham berdi. Buning oqibatida faqat moddiy zarar ko‘rilgani, hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)