Dollar yil yakunlari bo‘yicha dunyodagi aksariyat valyutalarga nisbatan sezilarli ravishda mustahkamlanadi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Yevroning dollarga nisbatan kursi salkam 3, iyena 3,5, Shvetsiya va Daniya kronasi hamda Avstraliya dollari taxminan 5 foizga pasayadi. Shveysariya franki deyarli 6, Yangi Zelandiya dollari esa 7,5 foizga pasayashi kutilmoqda.
Agentlik bashoratlariga ko‘ra, dollarga nisbatan mustahkamlanadigan valyutalar ham bor. Ular qatoriga Kanada dollari (taxminan 3,5%), funt sterling (2,5%) va Norvegiya kronasini (1,2%) kiritish mumkin.
Izoh (0)