Eron poytaxtida shia ulamosi Nimr an-Nimr qatl etilganiga norozilik bildirish uchun Saudiya Arabistonining mamlakatdagi elchixonasiga bostirib kirgan 40 nafarga yaqin namoyishchi qo‘lga olindi. Ular elchixona hududidan kuch ishlatilmay olib chiqilgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
“Elchixonaga kirgan 40 kishi hibsga olindi va ularning shaxsi aniqlandi. Mazkur hujum uchun javobgar bo‘lganlarni aniqlash davom etmoqda”, — deya ma’lum qilgan Tehron prokurori Abbos Ja’far Davlatobodiy.
Izoh (0)