“Real Madrid” jamoasi himoyachilari Serxio Ramos va Marselo hamda “Real Madrid” basketbol klubi a’zosi Felipe Reyes xayriya aksiyasida ishtirok etdi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
“Santyago Bernabeu”da o‘tkazilgan ushbu xayriya aksiyasida, shuningdek, “Real” prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etdi. Aksiyaning asosiy maqsadi nogiron bolalarga bo‘lgan e’tiborni oshirish, ularga doimiy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur xayriya marosimida Florentino Peres yordamga muhtoj bolalarga bo‘lgan e’tiborni oshirish, bu borada olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlar borasida nutq so‘zladi.
Shundan so‘ng marosimga kelgan bolalarga sovg‘alar tarqatildi va ular “Real Madrid” a’zolari bilan suratga tushdi.
Izoh (0)