“Barselona” hujumchisi Lionel Messi 2015-yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Globe Soccer Awards sovrinini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Yilning eng yaxshi klubi sifatida “Barselona” tan olingan bo‘lsa, klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu “Eng yaxshi klub prezidenti sovriniga ega bo‘ldi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini esa Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Vilmotsga topshirildi.
Shuningdek, yilning eng yaxshi futbol akademiyasi — “Benfika”, yilning eng yaxshi futbol agenti — Jorje Mendesh (Portugaliya) bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov 2015-yilning eng yaxshi hakami sifatida Globe Soccer Awards sovrinini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)