Bir necha kun avval The Guardian hamda Marca nashrlari tomonidan “yilning eng yaxshi futbolchisi”ga aylangan “Barselona” yetakchisi Lionel Messi Google qidiruv tizimida ismi eng ko‘p qidirilgan sportchiga aylandi, deb xabar qiladi “Sports.uz”.
Messini 26 davlatda Google tizimida eng ko‘p marotaba qidirishgan. Keyingi o‘rinni “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. Uning ismi 21 davlatda eng ko‘p qidirilgan ekan.
Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining “Los-Anjeles Leykers” jamoasi a’zosi Kobi Brayant Mo‘g‘ulistonda eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi. Braziliyalik yosh hujumchi Neymar esa Solomon orollarida Google’dagi qidiruv bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
Turli davlatlarda Google orqali eng ko‘p izlangan sportchilar:
Germaniya – Manuel Noyer (futbol)
Irlandiya – Konor Makgregor (UFC)
Kamerun – Samyuel Eto’O (futbol)
Kosta-Rika – Keylor Navas (futbol)
Togo – Emmanuel Adebayor (futbol)
Urugvay – Luis Suares (futbol)
Shveysariya – Rojer Federer (tennis)
Yaponiya – Kei Nisikori (tennis)
Izoh (0)