Volgograd viloyatining (Rossiya) Kotovskiy tumanidagi neft qazib olish punktida ro‘y bergan portlash oqibatida ikki nafar ishchi halok bo‘ldi, jarohat olgan bir kishi kasalxonaga yotqizildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“25-dekabr, juma kuni kechki payt viloyatning Kotovskiy tumanidagi neft qazib olish punktida katta ko‘lamda gaz, taxminan, vodorod sulfidi otilishi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar olindi”, — deya ma’lum qilgan favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq viloyat markazi — Volgograd shahridagi ko‘p qavatli uyda maishiy gaz portlashi oqibatida kamida 5 kishi nobud bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)