Yaponiyaning elektronika ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalaridan biri Panasonic Xitoyda gibrid mashinalar va elektromobillar uchun batareyalar chiqaradigan birinchi zavodini quradi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nikkei gazetasi yozishicha, korxona Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasining Dalyan shahrida quriladi, u 2017-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Zavodda yiliga 200 mingta avto uchun batareyalar ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 50 milliard iyena (412 million dollar)ga baholanmoqda.
Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil Xitoyda sotilgan elektromobillar soni 220—250 mingtani tashkil qiladi, natijada Xitoy ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShni ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oladi.
Izoh (0)