Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbul markazida o‘z joniga qasd etmoqchi bo‘lgan erkakni to‘xtatib qoldi. CNN Turk telekanalining ma’lum qilishicha, davlat rahbarining shaxsan o‘zi uni ko‘prikdan tashlamaslikka ko‘ndirgan, deya xabar beradi “RBK”.
Erdo‘g‘on hazrat Ali masjididan prezident saroyiga qaytayotganda Bosfor ko‘prigida o‘zini bo‘g‘ozga tashlamoqchi bo‘lgan erkak oldida to‘plangan olomonni ko‘rib qoladi. Prezident “Mersedes”ining ochiq oynasi orqali uni bu niyatidan qaytishga chaqiradi. Jurnalistlar erkak ko‘prik panjarasi oldidan uzoqlashib, Erdo‘g‘onning oldiga kelgan va qutqargani uchun minnatdorchilik bildirayotgan chog‘da suratga tushirdi. Prezident bu paytda smartfonda gaplashayotgan bo‘lgan.
Turkiya sharqidagi Sirt shahrida yashagan erkakni oilaviy muammolar va tushkunliklar o‘z joniga qasd etishga majbur qilgani ma’lum bo‘ldi. Erdo‘g‘onning avtomobillari korteji kelguncha politsiyachilar ikki soat davomida uni bu niyatidan qaytarmoqchi bo‘lgan, biroq uddasidan chiqolmagandi.
Izoh (0)