Yakuniga yetgan mavsumni “Lokomotiv” safida o‘tkazgan Lutfulla To‘rayev faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo‘ldi. U Malayziya Superligasi vakili “Felda Yunayted” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Toshkentning “Lokomotiv” klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Felda Yunayted” joriy mavsumni beshinchi o‘rinda tugatdi. Bungacha bu jamoada “Paxtakor”dagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Boyan Miladinovich to‘p tepib kelayotgandi. Lekin serbiyalik himoyachi klubni tark etgan.
Lutfulla To‘rayev yakuniga yetgan mavsumda “Loko”ning asosiy figuralaridan biriga aylandi va bir qator gollar urishga muvaffaq bo‘ldi. Mavsum yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda Lutfulla klub rahbariyati tomonidan “Lokomotiv”ning 2015-yildagi “Eng yaxshi yarim himoyachisi” deb topildi.
Izoh (0)