O‘zbekistonlik Sabina Sharipova Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda: yettinchi raqam ostida tasniflangan Sabina chorak finalga yo‘llanma oldi, deya xabar beradi “Olamsport”.
Avvaliga tailandlik tennischini taslim etgan Sharipova ikkinchi davrada ruminiyalik Nikoleta-Katalina Daskaluni ikki setda ham 6:4 hisobida yengdi. Endi o‘zbekistonlik tennischi yarim final yo‘llanmasi uchun turnirning uchinchi raketkasi, yaponiyalik Risa Ozakiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)